16 avg 08:41
Yangiliklar
Eshkak eshish
Samarqand mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga bir hafta qoldi. Tayyorgarlik ko'ngildagidekmi?
O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri o'rinbosari SHahrullo Mahmudov Samarqand shahrida bo'lib, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.
SHu yilning 23-25 avgust kunlari Samarqanddagi eshkak eshish kanalida bo'lib o'tadigan nufuzli musobaqaga ayni vaqtda qizg'in hozirlik ko'rilmoqda.
Yig'ilishda sportchilarni munosib kutib olish, hakamlar, OAV vakillari, tarjimon va volontyorlar faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish, eshkak eshish kanalini shay holatga keltirish bo'yicha musobaqa tashkiliy qo'mitasi azolariga zarur tavsiyalar berildi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar