So’nggi yangiliklar

12:54Саудия Арабистони Жаҳон чемпионати ўйинлари учун бепул чипталар тарқатади 0 11:32Хотамбек Бойназаровга мағлуб бўлган жангчи UFC'га ўтди 0 10:56Нурмагомедов Макгрегорнинг қайтишига ишонмаяпти 0 09:33Дмитрий Бивол фаолиятини якунлаш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 08:57Водилда белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди 0 08:12ФИФА Жаҳон чемпионати олдидан Абдуқодир Ҳусановга алоҳида эътибор қаратди 0 19:31Сенсация: Соболенко Диана Шнайдерга ютқазиб, «Ролан Гаррос»ни тарк этди 0 18:54"Tashkent Open Judo Kids Cup IV" мусобақаси бошланди 0 18:26Шаҳрам Ғиёсов WBO рейтингидан ҳам чиқарилди 0 17:58Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг энг қиммат футболчиси! 0 17:26Расман. Илк бор ўзбекистонлик ММА жангчиси UFC видеоўйинига киритилди 0 16:48Жалгасбай Бердимуратов PWL Лигаси чемпионига айланди 0 16:01Илҳом Назимов Москвада операцияни бошдан кечирди (ФОТО) 0 15:26Ўзбекистонлик ҳакамлар жамоаси АҚШда машғулотларга киришди 0 14:58Ўзбекистонлик бокс мутахассиси World Boxing супервайзерига айланди 0

26 apr 08:05
Yangiliklar

Eshkak eshish

Samarqand Osiyoning eng kuchli eshkak eshuvchilarini aniqlab beradi

26-30 aprel kunlari ko'hna Samarqand shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

U-23, U-20 va parakanoe bo'yicha tashkil etilayotgan mazkur musobaqada O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Eron, Iroq, Hindiston, Xitoy Taipeyi, Gonkong, Tailand, Indoneziya kabi mamlakatlardan 400 nafar sportchi ishtirok etadi. Kecha musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, Osiyo eshkak eshish federaciyasi, Milliy Paralimpiya qo'mitasi, mamlakat Rowing&Canoe federaciyasi mutasaddilari ishtirok etishdi. Tadbirda so'z olgan rasmiylar mamlakatimiz tomonidan musobaqaga katta tayyorgarlik ko'rilgani, mehmonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgani xususida alohida to'xtalib o'tishdi.

Reglamentga ko'ra, bugundan bellashuvlar boshlanadi. Musobaqani 23 yoshlgacha bo'lgan baydarkachilarning saralash bahslari ochib beradi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing