So’nggi yangiliklar

21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:54Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

10 apr 18:25
Yangiliklar

Futbol

Samarqand shahri "El Klassiko" haqidagi videorolik manzili bo'ldi

Bugun, 10 aprel soat 23:55 da "Real Madrid" va "Barselona" o'rtasidagi uchrashuv boshlanadi. CHempionlik poygasiga sezilarli ravishda tasir ko'rsatadigan ushbu o'yin ko'p narsaga oydinlik kiritib beradi.

"El-Klassiko" futbol tarixidagi eng qaynoq baxslardan biri sanaladi. La Liga tomonidan "Al Mumtoz"ni yanada ommalashtirish maqsadida bir necha xalqaro loyihalar amalga oshirilyapti.

SHunday loyihalardan biri aynan bizning yurtimizga ham kirib keldi.

"El-Klasiko"ni dunyoning barcha nuqtalaridan muhlislar tomosha qilishini ko'rsatadigan videorolikda Yava orollari, Keniyadagi Maasai qabilalari, Germaniyadagi Aybze ko'li bilan bir qatorda afsonaviy va go'zal Samarqand shahri ham ishtirok etgan. Rolikda dunyoning barcha go'zal nuqtalarida "El-Klassiko"ni tomosha qilish uchun maxsus markazlar tashkil qilingani aks etgan.



La Liganing Markaziy Osiyodagi vakili va Samarqanddagi loyihaning tashabbuskori Xais Rahmoni quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Biz bunday katta o'yinlar orqali insonlar va turli madaniyatlarni birlashtirishni maqsad qilganmiz. Butun dunyodagi ispan futboli muxlislari O'zbekistonning naqadar go'zal yurt ekanligini shu rolik orqali bilib olishlari, shu bilan birga mahalliy muxlislarni shunday katta o'yinlar orqali o'z shaharlariga qiziqishlarini oshirishni maqsad qilganmiz".


Ispaniya hukumati muxlislarning stadionlarga kirishini taqiqlangan bo'lsa ham, La Liga ishqibozlarga o'zlarini huddi stadionda turgandek his qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratgan. O'yinchilarni yirik planda ko'rsatuvchi rakurs aynan shular jumlasidandir. La Liga translaciyalaridagi yangi grafik dizayndagi kadrlar, statistik malumotlar muxlislarga xuddi real hayotdagidek taassurotlar berishiga qaratilgan. Dronlar va boshqa vositalardan olingan tasvirlar ham aynan shunga qaratilgan.
Ushbu o'yinga ikki hafta qolganda 22 ta xalqaro ijtimoiy tarmoq kanallari o'yin haqida malumotlar berishni boshlab yuborishgan. Ular umumiy hisobda 130 million obunachiga ega.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing