So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

29 okt 18:21
Yangiliklar

Engil atletika

Samarqand shahrida “Samarkand half marathon” xayriya tadbiri o'tkaziladi

Samarqand shahrida 1-3 noyabr kunlari “Samarkand half marathon” xayriya tadbiri bo'lib o'tadi.

Mazkur tadbirning ahamiyatli jihati shundaki, unda yurtimizda sayohat qilib yurgan turistlar va imkoniyati cheklanganlar, shuningdek, 20 ga yaqin davlatlardan kelgan ishtirokchilar ham qatnashadi. Hozirgacha bu xayriya tadbirida ishtirok etish uchun 3 mingga yaqin marafonchilar musobaqa badalini to'lagan. Tadbirdan tushgan xayriya mablag'iga ko'zi ojiz insonlar uchun tiflosharhlash (ko'zi ojizlar uchun malumotni qabul qilish imkonini beruvchi usul) yordamida spektakl sahnalashtiriladi.

Loyihaga binoan yarim marafonda ishtirokchilar 21, 10 va 2 km masofaga yuguradi. Bu masofalarga yugurish orqali ishtirokchilar Samarqand shahridagi 18 ta tarixiy obidani ko'radilar.

Belgilangan vaqtda marraga kelgan ishtirokchilarga shu joyning o'zida medal va esdalik sovg'alari topshiriladi hamda 1-3 o'rinlarni qo'lga kiritgan ishtirokchilar pul mukofotlariga ham ega bo'lishadi.

SHuningdek, 3 kunlik tadbir davomida tasviriy sanat asarlarining taktil (qo'l bilan ushlab his qilish mumkin bo'lgan) ko'rgazmasi tashkil qilinadi va “Beat films” kinofestivali bilan hamkorlikda hujjatli kinofilmlar namoyishi o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing