01 sen 13:47
Yangiliklar

Samarqandda 855 000 AQSH dollar mukofot puliga ega Grand Swiss 2025 turniri start arafasida
“Grand Swiss 2025” musobaqasi shveycarcha tizimda 11 tur davomida o'tkaziladi. Unda jahon shaxmat reytingida yuqori o'rinlarni egallab kelayotgan kuchli grossmeysterlar, shuningdek FIDE prezidenti tavsiyasi bilan taklif etilgan shaxmatchilar va xalqaro musobaqalar g'oliblari qatnashadilar.
Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi — dunyo reytingining TOP-100 taligiga kirgan kuchli shaxmatchilar orasidan to'rt nafar talabgorni (2 erkak va 2 ayol shaxmatchi) jahon shaxmat tojiga bo'ladigan “Talabgorlar turniri”ga saralab olishdan iborat.
Samarqandda bo'lib o'tadigan turnirda 160 nafarga yaqin etakchi shaxmatchi ishtirok etishi kutilmoqda. Musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 855 000 AQSH dollarini tashkil etadi.
Fikrlar