25 avg 19:07
Yangiliklar
Eshkak eshish
Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Jahon chempionati yakunlandi, unda hamyurtlarimiz shohsupadan joy ola bilmadi
Samarqand shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Jahon chempionati o'z yakuniga etdi.
Afsuski, unda O'zbekiston terma jamoasi azolari shohsupaga ko'tarila olishmadi.
Dunyo birinchiligi 5000 metr masofadagi 4 ta dastur bilan nihoyasiga etdi. Unda kanoechimiz Nurislom To'xtasin o'g'li shohsupaga ko'tarilishga juda yaqin keldi. Biroq u yakunda marra chizig'ini to'rtinchi bo'lib kesib o'tdi. Ayollar o'rtasidagi poygada Dilnoza Rahmatova o'ninchi natijani qayd etdi. Xuddi shu masofada baydarkachilar o'rtasidagi bellashuvda Yaroslav Slavgorodskiy o'n uchinchi ko'rsatkichga ega bo'ldi. Ayollar bahsida SHahrizoda Mavlonova finishga etib kela olmadi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar