So’nggi yangiliklar

19:45Ислам Махачев нега Иэн Гаррига қарши жанг қилиш қийин бўлганини айтди 0 19:05“Арсенал” юлдуз вингерини фақат бир шарт билан сотишга тайёр 0 18:28"Гарри билан жанг Ислам фаолиятидаги энг оғир жанглардан бири бўлди" - Махачевнинг мураббийи 0 17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0

23 may 15:03
Yangiliklar

Boshqalar

Samarqandda kamondan o'q otish bo'yicha Fotih kubogi musobaqasiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

Samarqand shahrida kamondan o'q otish bo'yicha VI xalqaro Fotih kubogi musobaqasiga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi

Bugun Butunjahon etnosport konfederaciyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi azosi Bilol Erdogan va “Turkiya-O'zbekiston” parlamentlararo do'stlik guruhi raisi, Turkiya Buyuk Millati Majlisi azosi Haydar Ali Yildiz boshchiligidagi katta delegaciya mamlakatimizga tashrif buyurgani haqida xabar qilgandik.

Tashrif avvalida mehmonlar poytaxtimizdagi diqqatga sazovor joylarni borib ko'rishdi. Keyin esa Samarqand shahriga yo'l olindi.

Mehmonlar Samarqandga tashrifni «Go'ri Amir» maqbarasini ziyorat qilishdan boshlashdi. U erda buyuk bobokalonimiz Amir Temurning haqqiga quron tilovat qilindi.

So'ngra «Registon» ansambli oldidagi katta maydonda kamondan o'q otish bo'yicha VI xalqaro «Fotih kubogi» musobaqasiga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda so'zga chiqqan Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov yurtimizda sportni rivojlantirish bo'yicha davlatimiz rahbari tomonidan katta ishlar amalga oshirilayotgani, qilinayotgan keng ko'lamdagi islohotlar yosh avlod vakillarining jismonan va manan etuk insonlar bo'lib voyaga etishida muhim rol o'ynashi, bu islohotlar butun Respublika sportini qamrab olgani haqida gapirdi.

SHundan so'ng Turkiyaning O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Ahmad Bashar SHen, Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo'raev, Butunjahon etnosport konfederaciyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi Bilol Erdoganlar so'zga chiqishdi.

Tadbir yakunida tomonlar esdalik uchun sovg'a almashdilar. O'z o'rnida Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qo'mitasi nomidan delegaciyaning har bir azosiga alohida esdalik sovg'alarini taqdim etdi.

Mehmonlar esa Umid Ahmadjonov, SHoakram Isroilov va Turobjon Jo'raevga Turk kamonchilari sertifikatini topshirishdi. Tadbir yakuniga etgach, mehmonlar Samarqand shahrining yuragi hisoblangan «Registon» ansamblidagi «Mirzo Ulug'bek», «Tillaqori» va «SHerdor» madrasalari kabi tarixiy obidalarni tomosha qilishdi. Ushbu ekskursiya martabali mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing