So’nggi yangiliklar

16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0

02 apr 07:08
Yangiliklar

Engil atletika

Samarqandda nuroniylar o'rtasida musobaqa o'tkazildi FOTO

Samarqand shahridagi Afrosiyob sport majmuasida nuroniylar o'rtasida Navro'z bayramiga bag'ishlangan sog'lomlashtiruvchi sport musobaqasi bo'lib o'tdi.

Samarqand viloyat sport faxriylari Kengashi tashabbusi bilan viloyat hokimligi, jismoniy tarbiya sport boshqarmasi, “Nuroniy”, “Mahalla”, “Sog'lom avlod” jamg'armalarining homiyligida o'tkazilgan musobaqada tuman (shahar)lardan 100 nafarga yaqin nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirok etishdi.

Musobaqada yugurish va basketbol to'pini savatga tashlash bo'yicha nuroniy onaxonlardan 56-60 yoshlilari o'rtasida Diloram Eshmanova (Bulung'ur tumani), 61-65 yoshlilar o'rtasida Noila Sohibova(Bulung'ur tumani) va 66-70 yoshlilari o'rtasida Muhayyo Rahmatova (Jomboy tumani), sportning shaxmat turi bo'yicha nuroniy onaxonlar o'rtasida Muharram Eshpo'latova (Urgut tumani)lar g'olib bo'lishdi.

Nuroniy otaxonlardan esa 61-65 yoshlilar o'rtasida Baxtiyor Hasanov (Bulung'ur tumani), 66-70 yoshlilar o'rtasida Salom Kamolov (Ishtixon tumani), 76-80 yoshlilar o'rtasida Ubaydulla Qosimov (Samarqand shahri) va 86-90 yoshlilar o'rtasida Temurbobo Mansurov(Samarqand shahri), sportning shaxmat turi bo'yicha nuroniy otaxonlar o'rtasida Ibrohim Rahimov (Urgut tumani) lar g'olib bo'lib “Sog'-tanda sog'lom-aql” grantining qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir so'ngida musobaqa ishtirokchilar uchun bayram dasturxoni yozildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing