08 noy 07:24
Yangiliklar
Sambo bo'yicha jahon chempionatidan 10 ta medal
9 noyabr kuni yakunlanadigan mundialda O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari ham munosib ishtirok etishmoqda.
Bugungacha yurtdoshlarimiz 10 ta medalni naqd qilishdi. O'smirlar o'rtasida 48 kg vaznda ishtirok etgan Musharraf Ibodullaeva va 52 kg vaznda Bektosh Nazarov oltin medalni qo'lga kiritishdi.
SHuningdek, hamyurtlarimiz hisobida 6 ta kumush, 2 ta bronza medallari ham.
Quyida g'olib va sovrindorlar bilan tanishishingiz mumkin.
1. Ibodullaeva Musharraf, 48 kg, o'smirlar, oltin
2. Nazarov Bektosh, 52 kg, o'smirlar, oltin
3. Agojonova Ibodatxon, 60 kg, ayollar, kumush
4. Azimova Regina, 44 kg, o'smirlar, kumush
5. Ibraimov Xudoyor, 74 kg, o'smirlar, kumush
6. Ismoilov Turabek, 82 kg, o'smirlar, kumush
7. Saidomatov Lutfilla, 57 kg, jangovar, kumush
8. Yoqubov Nemat, 90 kg, erkaklar, kumush
9. Muxamedjanova Aziza, 72 kg, o'smirlar, bronza
10. Ortiqov Jaloliddin,90 kg, o'smirlar, bronza
Bugun va ertangi bahslarda ham terma jamoamizdan g'alabalarni kutib qolamiz.
Fikrlar