12 noy 08:21
        Yangiliklar	
	
				
				    Boshqalar			    
				
				
			
				Sambo. Jahon chempionatida 3ta medalga ega bo'ldik
Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida sambo kurashi bo'yicha jahon chempionati yakunlandi. 
			Yilning nufuzli musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi to'liq tarkibda ishtirok etib, yakunda 3ta medalga sazovor bo'ldi. Sambo bahslarida bitta, jangovor sambo yo'nalishida esa ikkita medal qo'lga kiritildi.
-48 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Nodira Gulova finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borib, kumush medal bilan taqdirlandi. Jangovor sambo bo'yicha +100 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Hakimjon Ismoilov ham jahon vice-chempioniga aylandi. -90 kg vazndagi Bekzod Nurmatov bronza medalini qo'lga kiritdi.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar