11 okt 17:49
Yangiliklar
Sambo
Sambo. Jahon chempionatida hozircha bitta oltin va uchta bronza! (FOTO)
Toshkent shahrida o'smirlar va yoshlar o'rtasida jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqaning dastlabki kuni doirasida umumiy hisobda 12 ta vazn toifasida (o'smirlar va yoshlar) janglar tashkil etilmoqda.
Hozircha musobaqa doirasida to'rtta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'lib ulgurdi.
Quvonarlisi, musobaqada yoshlar o'rtasida -40 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Munisa Eshqulova barcha raqibalarini mag'lubiyatga uchratib, jahon chempioniga aylandi. SHuningdek, yoshlar o'rtasida Saidali Rahimov (-51 kg), o'smirlar o'rtasida Nargizaxon Abdulatipova (-44 kg) va Bektosh Nazarov (-48 kg) musobaqaning bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Bahslar davom etmoqda.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar