09 noy 08:02
Yangiliklar
Sambo
Sambo. Jahon chempionatining ikkinchi kunini uchta medal bilan yakunladik
Bishkek shahrida sambo bo'yicha kattalar o'rtasida Jahon chempionati davom etmoqda.
Kecha musobaqa doirasida ikkinchi kun bellashuvlari bo'lib o'tdi. Kun davomida uch nafar hamyurtimiz medallar qo'lga kirita oldi.
Sovrindorlarimiz ro'yxati bilan tanishing:
Kumush:
-72 kg: Gulina Obloqulova
-64 kg: Diyorbek Maydonov (parasambo)
Bronza:
-59 kg: Xurshida Abduvohidova (jangovar sambo)
Bugun, 9 noyabr kuni so'nggi kun bellashuvlari o'tkaziladi.
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar