10 noy 09:10
Yangiliklar
Sambo
Sambochilarimiz Jahon chempionatini 10 ta medal bilan yakunlashdi
7-9 noyabr kunlari Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkekda sambo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tdi.
Yilning eng muhim startida O'zbekiston terma jamoasi azolari ham ishtirok etishdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, vakillarimiz 8 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Jahon chempionatida sovrindor bo'lgan o'zbekistonlik sambochilar:
Kumush:
-59 kg: Ibodatxon Agojonova
-72 kg: Gulina Obloqulova
+98 kg: Asror Hamidov
-65 kg: SHahzoda Azatova (jangovar sambo)
-64 kg: Oybek Soliev (jangovar sambo)
-88 kg: Sohibjon Hasanboev (jangovar sambo)
+98 kg: Islom Nosirov (jangovar sambo)
-64 kg: Diyorbek Maydonov (parasambo).
Bronza:
-59 kg: Xurshida Abduvohidova (jangovar sambo)
-72 kg: Madinabonu Salohiddinova (jangovar sambo).





Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar