10 noy 21:54
Yangiliklar
Sambo
Sambochilarimizdan tarixiy natija: ilk bor o'zbek sambochi qizlari JCHda oltin medallar qo'lga kiritishdi!
Armaniston poytaxti Erevan shahrida sambo bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati boshlandi.
Musobaqaning birinchi kuni vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.
-50 kg vazn toifasida Gulsevar O'roqova, -59 kg vazn toifasida esa Ibodatxon Agojogonova barcha raqibalarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritishdi.
Jangovar samboda esa -79 kg vaznli Furqat Ro'ziev kumush medalga ega chiqdi.
Qayd etish lozimki, hali O'zbekiston sambochi qizlari kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida oltin medal qo'lga kiritishmagandi. Gulsevar va Ibodatxonning oltin medallari o'zbek sambosi tarixida yangi sahifa ochdi desak, mubolag'a bo'lmaydi.
Biz ushbu muvaffaqiyat bilan sportchilarimizni, ularning murabbiylari va yaqinlarini muborakbod etamiz!
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar