05 dek 08:58
        Yangiliklar	
	
				
				    Boshqalar			    
				
				
			
				Sambochimiz - jahon chempionati sovrindori! FOTO
Serbiyaning Novi-Sad shahrida sambo bo'yicha kadetlar o'rtasidagi jahon chempionati boshlandi. 
			“Spens” arenasi mezbonlik qilayotgan musobaqada dunyoning 28 davlatidan sportchilar ishtirok etyapti. O'g'il bolalar ham, qizlar ham 10ta vazn toifasida gilamga chiqishmoqda. Ular orasida o'zbekistonlik sambochilar ham bor.
Jahon chempionatining birinchi kuni hamyurtlarimizdan Mohigul Komiljonova sovrindorlar safidan joy oldi. -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Mohigul yarim finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borib, jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Jahon chempionati. 60 kg
1. Darina Semyanyuk (Belarus)
2. Olga Drix (Ukraina)
3. Tatyana Agapova (Rossiya)
3. Mohigul KOMILJONOVA (O'zbekiston)

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar