10 noy 16:49
Yangiliklar
Sambo
Sambochimiz jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo'ldi
Janubiy Koreyada sambo bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati davom etmoqda.
Bungacha musobaqaning birinchi kunida Nemat Yoqubov bronza (-90 kg), Istam Qudratov (-74 kg) va Ilhomjon Yo'ldoshev (-100 kg) kumush medalga ega chiqqanliklari haqida xabar berib o'tgandik.
Ikkinchi kun bahslarida esa Avazbek Abdujalilov (-57 kg) va Hakimjon Ismoilov (jangovar sambo, +100 kg) bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Bugun o'tkazilgan bahslarda -62 kg vaznli hamyurtimiz Davlatjon Hamroev oltin, Ulug'bek Rahmonov (-82 kg) esa kumush medaliga sazovor bo'lishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar