16 mar 18:26
Yangiliklar
Boshqalar
Sambochimiz “Ko'chmanchilar olami” etnofestivalida sovrindor bo'ldi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida “Ko'chmanchilar olami” xalqaro etnofestivali start oldi. Joriy musobaqada dunyoning 90 dan ziyod mamlakatidan tashrif buyurgan ishtirokchilar o'z yo'nalishida qatnashishmoqda.
Yurtimiz nomidan sambo bahslarida o'z omadini sinab ko'rgan polvonimiz Nurbek To'raev musobaqaning mutlaq vazn toifasida kumush medalni qo'lga kiritdi.
Etiborlisi, bahslar davomida kurashchilarning gilamga chiqib kelishi, sportchilar paradi, bellashuvlar teatrlashtirilgan ko'rinishda tashkil qilindi. Bunda jamoa azolari ijodiy yondoshgan holda musiqalardan ham foydalanishgan.
Bellashuvlar jarayonini Osiyo sambo ittifoqining hakamlar hayati raisi Islom Odilov boshqarib bordi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar