25 noy 11:39
Yangiliklar
Samira o'g'il bolalar bilan tengma-teng xokkey o'ynamoqda FOTOREPORTAJ
SHulardan biri “Toshkent” xokkey klubi. Klub to'la shakllanib, ish boshlaganiga bir yil bo'ldi. Jamoa hali biron turnirda ishtirok etmagan bo'lsada, guruhlaridagi 40 nafar bolalar haftasiga 4 marotaba maroq bilan mashg'ulotlarga qatnaydi.
“Anxor-Lokomotiv” parkidagi muz saroyida shug'ullanayotgan bolalar orasida 9 yoshli Samira Mixaylikova ham bor. U o'g'il bolalar bilan tengma-teng ter to'kmoqda.
Murabbiy Sarvar Asqarxo'jaevning aytishiga qaraganda, bolalarda xokkeyga bo'lgan ishtiyoq kuchli.
Jamoa asosan, 8-13 yoshlilardan iborat. Yaqin orada ular o'rtasida musobaqalar tashkil etilishi ko'zda tutilgan.
O'shanda “Toshkent” klubining yosh xokkeychilari nimalarga qodir ekanliklarini namoyon eta olishsa, ajab emas.
Albatta, Samira ham tengdoshlaridan ortda qolmaydi. Bunga ishonamiz.
Hozircha esa mashg'ulotlar davom ettirilmoqda.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar