13 apr 10:30
Yangiliklar
Futbol

Sampaoli Messiga ustozlik qilishga rozilik berdi
"Sevilya" bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Argentina terma jamoasini boshqarishga rozi bo'ldi.
Malumotlarga ko'ra, Argentina futbol associaciyasi (AFA) rahbariyati bu mutaxassis bilan aloqaga chiqdi va uning roziligini oldi. SHu bilan birga AFA "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone variantini ko'rib chiqmoqda.
SHu hafta oxirida Sampaoli AFA rahbariyati bilan shartnoma borasida muzokara o'tkazishi kerak.
Oldinroq argentinalik mutaxassis 1,5 mln. evro evaziga Andalusiya klubini tark etishi mumkin ekanligi elon qilingandi.
Havola :
Fikrlar