30 dek 09:15
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/7117_220.jpg)
Samvel Babayan: “Ahmedov “Krasnodar”dan ketmoqchi emas”
“Krasnodar” va O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov boshqa klubga o'tish haqida o'ylamayapti.
Bu haqda O'zbekiston terma jamoasi ustozi Samvel Babayan TASS nashriga xabar berdi.
“Ayni paytda Ahmedov - O'zbekiston terma jamoasining etakchi futbolchisi, u “Krasnodara”ga foyda keltirmoqchi. Payshanba kuni u bilan gaplashdim va hech qaerga ketmoqchi emasligini, “Krasnodar”ning qishki yig'inida ishtirok etishini malum qildi. Ayni paytda Odil Toshkentda tatilni o'tkazmoqda, OAVda yozilganidek kurortda emas”, - deydi Babayan.
Malumot uchun, Ahmedov 2014 yil “Anji”dan “Krasnodar”ga o'tgandi. Bu mavsumda u Rossiya chempionatida 16ta o'yin o'tkazdi.
Havola :
Fikrlar