So’nggi yangiliklar

19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0

14 noy 20:20
Yangiliklar

Futbol

Samvel Babayan: “Biz faqat g'alaba ilinjida maydonga tushamiz”

Janubiy Koreya - O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirdi.

Bosh murabbiyga hujumchi Igor Sergeev hamrohlik qildi. 

- 2015 yilgi Osiyo kubogida qatnashgan O'zbekiston va hozirgi O'zbekistonni taqqoslay olasizmi?

Samvel Babayan: - To'g'risi men taqqoslasam to'g'ri bo'lmasa kerak. Buning uchun jurnalistlar, muxlislar va mutaxassislar bor. Tarkibga 8 nafar yangi futbolchi qo'shilgan. Hozirgi jamoamizda ko'plab yoshlar bor. Ular turli Jahon chempionatlarida ishtirok etishgan. Hozirgi va oldingi o'yin uslubimiz haqida gapirish menimcha to'g'ri bo'lmasa kerak.

- Siz Xitoy klubiga ko'chib o'tgach kam gol urdingiz. Bunga sabab nima?

Igor Sergeev: - Ilk bor xorij klubida o'ynadim. Xitoyda yarim yil o'ynadim. Turli sabablar bo'ldi, o'yin vaqti kam berildi. Bundan tashqari mamlakatga moslashish borasida muammolar bo'ldi. Ko'p gol urishga urinayapman. Terma jamoaga chaqirishsa demak bor kuchingdan ham ko'prog'ini berishing kerak. 2 daqiqaga maydonga tushsang mana shu 2 daqiqadan foydalanib qolish kerak.

- Janubiy Koreya terma jamoasidan qaysi futbolchini eng xavfli deb o'ylaysiz?

- Bu jamoaning deyarli barcha futbolchilari tajribali va Evropaning kuchli klublari safida o'ynashmoqda. O'zimiz uchun xavfli futbolchilarni belgilab olganmiz. Faqat ularning familiyalarini aytmayman.

- Rossiyadagi mundial yo'lida ertangi bahs juda muhim. Janubiy Koreya bilan o'yindan oldin futbolchilarga nima dedingiz?

- Biz uchun har bir bahs juda muhim. Raqib Koreya bo'ladimi yoki boshqami farqi yo'q. Biz faqat g'alaba haqida o'ylab maydonga tushamiz.

- Siz Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi ko'p o'ynagansiz. Misol uchun, yanvar oyida Qatarda ham Janubiy Koreyaga yutqazgan edinglar...Doim kichik hisobda yutqazgansizlar.

Igor Sergeev: - Qatardagi U-23 Osiyo chempionatini oladigan bo'lsak o'sha o'yinda yutqazmasligimiz kerak edi. O'shanda hakam o'yin taqdiriga tasir qilgan xatoga yo'l qo'ygan edi. Ertaga nihoat g'alaba qozonib bu qora ananaga barham bermoqchimiz.

- Bizning taxminimizga ko'ra O'zbekiston ertaga durang uchun o'ynaydi. Siz bu borada nima deysiz?

- Biz o'yinga o'ziga yarasha taktika tanlab oldik. Futbol vaziyatli sport turi. Maydonda qanday vaziyat bo'lishini oldindan bilib bo'lmaydi. Ishlab chiqilgan taktikamizga qatiy rioya qilamiz.

- Xitoyda koreyalik futbolchilarga qarshi o'ynadingiz.

Igor Sergeev: - Professional darajada klub yoki terma jamoada o'ynashning farqi yo'q. Koreyalik futbolchilarga qarshi qanday o'ynash kerakligini o'zim uchun aniqlab olganman. Buni hozir aytsam to'g'ri bo'lmaydi. Koreyalik himoyachilarning o'yin uslubini o'rganib chiqqanman.

- Nima uchun Janubiy Koreyaga kech etib keldingiz?

- Biz barchasini hisobga olib chiqqanmiz. Iqlimga moslashish, futbolchilarning bu erga ko'nikishi uchun vaqt etarli. Bu borada hech qanday muammo yo'q. 


O'FF matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing