So’nggi yangiliklar

09:18Конор Макгрегор UFC тарихидаги энг буюк ярим енгил вазн жангчисини айтди 0 08:47Осиё Олимпия кенгаши ХОҚнинг россиялик спортчилар тўғрисидаги қарорига муносабат билдирди 0 08:04Роналду Португалия ЖЧ-2026`дан чиқиб кетганидан сўнг илк бор пост жойлади 0 07:36Фурқатбек Ёқубов: "Абу-Дабидаги UFC турнирида қатнашишга тайёрман" 0 17:28Роландо Ромеро ўз камарини Теофимо Лопесдан ҳимоя қилади 0 16:55Нурсултон Рўзибоев Рамзан Қодиров совға қилган қимматбаҳо автомобилни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 16:22"Ҳусанов "Ланс"га учаётганида: "Мени Россияга сотишади деб ўйлагандим", – дея тан олган эди" 0 15:56Хорхе Масвидаль: "Холлоуэйнинг ғалабасига уйимни тикаман" 0 15:30Махачев Россиянинг ММА рейтингидаги етакчилигига муносабат билдирди 0 14:58Конор Макгрегор: "Ҳозир фаолиятимнинг энг юқори чўққисидаман, Холлоуэйни нокаут қиламан" 0 14:34Возинья Лионель Месси билан бир жамоада бўлиши мумкин — Marca 0 14:11"Ferrari" ва "Honda Civic". UFC жангчиси Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:45Хабиб Аргентина терма жамоаси ҳақида: "Улар менга ёқмайди, лекин..." 0 13:20Умар Кремлёв: "ХОҚда бошқа чора қолмаганди" 0 12:52ЖЧ-2026`да яна бир рекорд қайд этилди 0

22 mar 20:10
Yangiliklar

Futbol

Samvel Babayan: Denisov maydonga tushmaydi, Sergeev va SHomurodovning ishtiroki so'roq ostida

JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 6-turidan o'rin olgan Suriya – O'zbekiston uchrashuvi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va yarim himoyachi Server Jeparov bo'lajak o'yin borasida o'z fikrlarini bildirdi.

“Ertaga JCH–2018 saralashi doirasida 6-uchrashuvni o'tkazamiz. Suriya hurmatga loyiq jamoa ekaniga nafaqat biz, balki butun Osiyo amin bo'ldi. Toshkentda bo'lib o'tgan o'yinda tashabbusga ega bo'lishimizga qaramay, raqib himoyada mustahkam o'yin namoyish qilgandi. Jamoa tartibli o'yin ko'rsatadi, tarkibida esa individual mahoratga ega bo'lgan futbolchilar bor. Saralash bosqichida oltinchi o'yin ostonasida turibmiz, biroq optimal tarkibda o'ynash nasib etamayapti. Denisov maydonga tusha olmaydi, hujum chizig'idagi Igor Sergeev va Eldor SHomurodovning ertangi bahsda ishtirok etishi so'roq ostida turibdi. SHunga qaramay, belashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik va maydonda nimaga qodir ekanimizni ko'rsatib, biz uchun kerakli natijani qayd etishga harakat qilamiz”, – dedi Samvel Babayan.



“Asosiy maqsadimiz – JCH–2018 final bosqichiga chiqishdan iborat. Ushbu maqsadni ro'yobga chiqarish uchun harakat qilyapmiz. SHu sababli har bir bo'lajak o'yin katta ahamiyatga ega. SHundan kelib chiqib, ertaga eng muhim o'yin arafasida turibmiz. Ayni vaqtda Rossiyaga yo'l olish uchun necha ochko kerak ekanini hisoblash o'rinsiz bo'lardi. Muhimi har bir o'yinga tayyorgarlik ko'rib, imkon qadar ko'p ochko olish kerak. Ochkolarni esa saralash bosqichi yakunida hisoblaymiz”, – deya fikrini bildirdi Babayan.

“Terma jamoa uchun ertaga muhim o'yilardan biri. Suriyaga qarshi eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatamiz. Bu erga bejizga kelganimiz yo'q, uchrashuv natijasi bizning foydamizga hal bo'lishiga umid qilaman. 3 ochkoni qo'lga kiritgan holda yaxshi kayfiyat bilan ortga qaytamiz, deb o'ylayman”, – dedi Server Jeparov.

Eslatib o'tamiz, Suriya va O'zbekiston qarama-qarshiligi ertaga, 23 mart kuni Malayziyaning Malakka shahridagi Hang Jebat Stadium stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 17:00 da start olishi rejalashtirilgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing