So’nggi yangiliklar

14:01Муҳаммаджон Қурбонов Naiza 76 турнирида бразилиялик рақибини нокаутга учратди (ВИДЕО) 0 13:40"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 млн евро тўлашга тайёр 0 13:19Телманов Junior Asian Cup 2025 ғолиби! Абдураззоқовда иккита медаль, Ҳимматов ҳам шоҳсупада 0 12:58Асу Алмабаевга 25 та ғалабаси бор жангчи "вызов" ташлади 0 12:37Ўзбекистон пара велоспорт терма жамоаси катта таркибда ЖЧга боради 0 12:16Лука Модрич А Серия рекордини ўрнатди 0 11:53Нодирбек Якуббоев асосий рақиби билан дуранг ўйнади 0 11:32Мартон Фучович Winston-Salem Open чемпиони! 0 11:11Исроил Мадримовнинг вазнида кутилмаган чемпион 0 10:43Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи 0 10:17Россиялик теннисчи Мексикада чемпион бўлди 0 09:51Усман Нурмагомедов: "Бир йилдан кейин UFC`да бўламан — ўшанда гаплашамиз" 0 09:26Чемпион Волкановски навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди. У Евлоев эмас! 0 08:59Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантирди 0 08:32Икки юнон-рум курашчимиз жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0

02 sen 07:30
Yangiliklar

Futbol

Samvel Babayan: “Geynrix hali qarib qolgani yo'q”

O'zbekiston - Suriya uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Samvel Babayan qatnashdi.

“Eng avvalo mana shunday qo'llab-quvvatlash uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Yigitlar g'alaba qozonib, bayramni davom ettirish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilishdi.

SHukr, ushbu bosqichni g'alaba bilan boshlab oldik. Haydarov va Ahmedovlarga kichik jarohatlari bo'lsada, mana shunday o'ynaganlari uchun rahmat aytmoqchiman. Suriya juda yaxshi jamoa. Bu haqida oldin ham aytib o'tgandim. Balki, mahorat bobida ular biroz tajribasizdirlar. Biroq, kurashish borasida ular juda yaxshi taassurot qoldirishdi.

Deyarli yarim yillik tanaffusdan so'ng rasmiy o'yin o'tkazdik. Nasib qilsa, keyingi o'yinlarga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz.

Futbolda muhim narsa bor. O'yin formasi. Afsuski, bazi futbolchilarimiz hali to'liq formaga kirishib keta olmadilar. Umid qilamanki, ular keyingi o'yinga stabil holatda bo'ladilar.

Sardor ham hozircha optimal formada emas. U hozircha bu mavsumda bittagina o'yinda maydonga tushdi. U jamoasi bilan 65 kun tatilda bo'lgan. Bunaqasi futbolda kamdan-kam bo'ladi. Uni o'zgartirish rejamizda bor edi. U hozir kiyinish xonasida menga Qatarda bundan ham yaxshi o'yin ko'rsatishga vada berdi.

Jeparovning burchak zarbalari? Bugun bizning futbolda standart vaziyatlar ijrochisi deb kimni ko'rsatishimiz mumkin? Ular barmoq bilan sanarli darajada. Server ana shunday futbolchilardan biri.

Geynrix hali qarib qolgani yo'q. U zaxiradan tushib, o'yinni o'zgartirib yubora oladigan futbolchi. Uning pasportdagi yoshini menga ahamiyati yo'q. Muhimi, u terma jamoa uchun borini berishga tayyor.

Hozirdan boshlab Qatarga qarshi tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Ertaga tiklanish mashqlarini bajaramiz. Qatarga 4 sentyabr kuni jo'nab ketamiz. O'sha o'yinda bizga Krimec ham yordam berishi mumkin bo'ladi. Keyingi o'yin juda muhim hisoblanadi.

Biz oxirigacha kurasha olamiz", - deydi terma jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan.

Aziz To'xtamurodovyozib oldi


Reyting:    

Fikrlar

   
02 sen 17:02:36
SoccerlanD
BUNYOD97 foydalanuvchining fikriga javob berish
Hurmatli Soccerland fikriz tög'ri lekin bir narsani unutmangki agar shu tariqa nisbatan kuchsiz raqiblar b.n bunday öyin körsatsak natija bir pul axir futbol kim uchun öynaladi albatta natija ham juda muhim lekin shu tariqa öyin bilan Koreya, Eron yoki Qatarni yuta olamizmikin qolaversa Xitoyni kechagi öyinini körgan har qanday muxlisni havotir olishi tabiy. Nima endi bizni maydonga tushirsa hech narsa qila olmaymiz deb mum tiwlab turiwimiz keremi. Axir futbolchini noni bu futbol demak öynaw kerak. Mana masalan bokschilarimizni qarang sizni ringga chiqarsa nima qilolasiz? Ular haqiqiy profissional-ku buni tuwungan odam tuwunadi
Агар рингга чикарса нима килолишимни 2001 йиллада курсатиб буганман. Соглигим тугри кемагани учун спорти ташаганман. Сизи фикризга кушиламан майдонда узини кимлиги нима касб оркали пулини оклаб топишини уйлаш кере. Кечаги уйин тугриси мангаям ёкмади тактика яхшимас буни ёздим олдинги постимда. Кейинги уйинлагача мураббийлар бир нима уйлаб топишига ишонаман шу йилли узида имкон кадар хамма уйинлани максимал натижа билан тугатсак кейинги йил жавоб уйинларигача вакт етарли булади
   
02 sen 11:46:56
BUNYOD97
Hurmatli Soccerland fikriz tög'ri lekin bir narsani unutmangki agar shu tariqa nisbatan kuchsiz raqiblar b.n bunday öyin körsatsak natija bir pul axir futbol kim uchun öynaladi albatta natija ham juda muhim lekin shu tariqa öyin bilan Koreya, Eron yoki Qatarni yuta olamizmikin qolaversa Xitoyni kechagi öyinini körgan har qanday muxlisni havotir olishi tabiy. Nima endi bizni maydonga tushirsa hech narsa qila olmaymiz deb mum tiwlab turiwimiz keremi. Axir futbolchini noni bu futbol demak öynaw kerak. Mana masalan bokschilarimizni qarang sizni ringga chiqarsa nima qilolasiz? Ular haqiqiy profissional-ku buni tuwungan odam tuwunadi
   
02 sen 09:25:15
SoccerlanD
Хурматли АНТИБабаянчила????????? шундан кегинам "кучвлаш" ишларини олиб борасилами? Ман просто хайрон коламан натижа учун мураббий хам жамоа хам бирдек жавобгар!!!! Бабаянга ман койил колдим бу яна бир янги тарих охирги саралашда нечи марта катнашган бусек биринчи уйин доим маглубият буган тугри битта дуранг кад этилган. Кеча Бабаян галаба козонди-ку эркега ухшаб мулохаза килиши бошлела энди. Узини стадионга куп куйса кулиндан нима келади олдин шуни уйла. Одил этди стадион холати яхшимас диб балки "Пахтакор" га кучириш керакмикин? Буёгига бир ёкадан бош чикариб бирдамлик билан термамизга ишонишимиз керак. Шахсан мангаям уйин ёкмади лекин натижа ёкди. Болла кейинги уйингача бир бирларини тушуниб уйнашади диган умиддаман. ОМАД БАБАЯН ХОЛАСЕН СТАСИ ХОЛАСЕН ПЕНСИЯДИГИ ФУТБОЛЧИНИ ТУШИРАСАМИ ШАХСАН МАНГА ФАРКИ ЙУК АСОСИЙСИ НАТИЖА ИЖОБИЙ НАТИЖА КЕЛТИРСА БУЛДИ,
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing