13 iyu 09:45
Yangiliklar

Samvel Babayan haliyam jahon chempionatiga chiqishga ishonmoqda
“Birinchi navbatda Eron terma jamoasini Rossiya bo'lib o'tadigan JCH–2018 turniriga chiqqani bilan tabriklayman. Ular haqli ravishda mundial yo'llanmasini qo'lga kiritganini tan olish kerak. O'zbekistonda JCH yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun hamon imkoniyat saqlanib qoldi.
Mazkur o'yinga tayyorgarlik ko'rish jarayonida ko'plab yo'qotishlarga duch keldik va bugungi o'yin boshida yo'qotishlar yana bittaga ko'paydi. Bu uchrashuvdagi rejamizga o'z tasirini o'tkazdi va kutilgan o'yinni ko'rsata olmadik. Stanislav Andreevning jarohat olib, maydonni tark etishi va majburiy o'zgartirish amalga oshirganimiz sababli o'ylangan rejaga ko'ra Server Jeparov bugun maydonga tusha olmadi.
Malumot uchun, 8-turdagi g'alabadan keyin Eron terma jamoasi ochkolari sonini 20 taga etkazib, muddatidan avval Rossiyadagi mundialga yo'llanma oldi. O'zbekiston 12 ochko bilan “A” guruhida uchinchi o'rinda boryapti.
Fikrlar
Бу шахс кечаси охирги автобусда нима қилиб бўлса хам ўз мангзилига етиб олмоқчи бўлган йўловчига ўхшайди. Лекин автобус шофёри манзилга бир неча бекат колганда "ГАРАЖГА" йўл олишини айтиб,чапга бурилиши ва манзил (Бабаян айтган) томон умуман юрмаслиги аён бўлади. Нахотки "ҚАТАР-2022"га тайёргарлик кўришдан бошқа имкониятларни барчасини йўққа чиқарса?