So’nggi yangiliklar

16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0

11 fev 10:50
Yangiliklar

Futbol

Samvel Babayan: "Natija va o'yin sifatidan qoniqish hosil qildim"

O'zbekiston terma jamoasi Turkiyadagi yig'ini doirasida Rossiyaning “Amkar” klubiga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan uchrashuv borasida o'z fikrini bildirdi va zaxira kuchini yana bir bor sinab ko'rganini aytdi.

“Bugun rasmiy o'yinlar oldidan navbatdagi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdik va terma jamoaning zaxirasini yana bir bor sinab ko'rish imkoniyatiga ega bo'ldik. SHuningdek, bugungi o'yin orqali o'yinchilarning jismoniy holatini ham tekshirish imkoniga ega bo'ldik”, – deydi milliy terma jamoa bosh murabbiyi.



“Aytishim mumkinki, so'nggi o'rtoqlik o'yinlarida optimal tarkibni sinab ko'rish imkoniyatiga ega bo'lmadik va bu o'yinlar asosan zaxira kuchimizni, terma jamoaga potencial nomzodlarni saralab olishga imkon beradi. Bugun hujumda to'p surgan futbolchilarimiz, bizning asosiy tarkibdagi hujumchilarimiz sanaladi. Ularning bugungi o'zaro harakatlarini ko'zdan kechirish biz uchun muhim edi. Umuman, futbolchilarning bugungi o'yinidan, ularning bugungi harakatlaridan ko'nglim to'ldi”, – dedi Babayan.

“Biz bugungi o'yin orqali, shuningdek, yoshlarga ham imkon berishga harakat qildik. Tarkibdagi ayrim o'yinchilar milliy chempionat o'yinlariga ham tayyorgarlikni boshlab yuborishgan, ayrim futbolchilar esa Osiyo CHempionlar Ligasi o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishmoqda. SHu bois, yig'in orqali, ularning o'z formalarini optimal holatga keltirishlari uchun harakat qildik. Umuman, bugungi natijadan va o'yin sifatidan qoniqish hosil qildim”, – deya fikrini yakunladi Samvel Babayan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing