So’nggi yangiliklar

19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0

06 okt 21:10
Yangiliklar

Futbol

Samvel Babayan: “Odil Ahmedovning yo'qligi juda katta tasir qildi”

O'zbekiston va Eron uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.

- Muhim o'yinda afsuski omadsiz o'ynadik. Yigitlarga so'nggi daqiqalarga qadar kurashishgani uchun rahmat aytaman. Odil Ahmedovning yo'qligi bugungi o'yinimizga katta tasir qildi, hujumda vaziyatlar kam yaratdik. Eron himoyada yaxshi o'ynadi. Bugun yutqazdik, ammo hali o'yinlar ko'p. Keyingi uchrashuvlarda g'alaba qozonishga urinamiz, - deydi Babayan.

- Bugun Suriya safarda Xitoyni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Bundan xayron bo'ldingizmi? Odil Ahmedov Xitoy bilan o'yinda maydonga tushadimi?

- Bu bosqichdagi hech qanday natija meni xayron qoldirmayapti. Buni oldin ham aytganman. Odil Ahmedov katta ehtimol bilan Xitoyga qarshi o'ynaydi.

- Ahmedov tushmadi, Jeparov jarohat oldi. Maydon markazidagi o'yinimiz sizni tashvishga solmadimi?

- Bugun dastlabki 30 daqiqani yutqazdik. Ahmedov va Jeparov tajribali futbolchilar ularnin yo'qligi albatta bilindi.

- Geynrix va Ismoilov Xitoy bilan o'ynashmaydi. Jeparov ham jarohat oldi. Yo'qotishlar ko'p emasmi? Birgina Odil Ahmedov tushmagani katta yo'qotish bo'ldi deb aytingiz.

- Terma jamoada o'yin taqdirini hal qilishi mumkin bo'lgan futbolchilar bor, ammo juda kam. SHu bois har bir yo'qotish biz uchun oltinga teng. Bugun biz Odil Ahmedovga bog'lanib qolgan jamoani ko'rdik.

- Sardor Rashidov 3ta o'yindan buyon o'z o'yinini ko'rsata olmayapti. U keyingi bahsda zaxirada qolishi mumkinmi? Islom To'xtaxo'jaev yaxshi himoyachi, lekin o'ng qanotga hamon moslasha olmayapti deb o'ylamaysizmi?

- Agar sen 3ta o'yindan buyon o'z darajangga chiqa olmasang, senga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmagan. Xato va kamchiliklar bunday o'yinlarda uchrab turadi. Xatolar ustida albatta ishlaymiz.

So'zim oxirida barcha muxlislardan uzr so'ramoqchiman. Ha, bugun ko'p ishni bajara olmadik. Lekin hali o'yinlar juda ko'p. SHu bois navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.

Narzulla Saydullaev yozib oldi


Reyting:    

Fikrlar

+1   
07 okt 07:10:35
sinchiklab kuzatuvchi
Asling endi bilinadi BABAYAN.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing