So’nggi yangiliklar

19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0

10 okt 17:55
Yangiliklar

Futbol

Samvel Babayan: “Taktikamiz oddiy: 10 futbolchi hujumda, 10 futbolchi himoyada”

O'zbekiston va Xitoy uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi. Unga Server Jeparov hamrohlik qildi.

- Ertaga muhim o'yin bo'ladi. Xitoyni etarli darajada o'rganib chiqdik. Tarkibida ajoyib futbolchilarga ega jamoa. Xitoy Superligasida ham yulduzlar o'ynamoqda va chempionati ham ancha kuchayib bormoqda. Bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Ertaga eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatib g'alaba qozonishga urinamiz, - deydi Babayan.

- Barchaga salom. Nafaqat biz uchun, balki butun xalqimiz uchun muhim kun. Umid qilamanki, yaxshi kayfiyatda o'yin o'tkazib muxlislarimizni xursand qilamiz, - deydi Jeparov.

- Sergeev, Rashidov va To'xtaxo'jaevning o'yini ancha pasayib bormoqda. Siz doim 23 nafar futbolchini O'zbekistonning eng yaxshi futbolchilari deb ataysiz. Nahot ularning o'rniga boshqa o'yinchilarni jalb qilishning imkoni yo'q?

- Uchchala futbolchi ham o'z ishining ustalari. Ular terma jamoada o'ynashga haqli ekanliklarini isbotlab bo'lishgan. Ularda xato va kamchiliklar bo'layotgani rost, lekin bu bilan ularning oldingi qilgan ishlarini unutish to'g'ri emas. Yosh futbolchilar matbuotdagi tanqidlarni o'qishadi, bu esa ularga yomon tasir qiladi.


- Mashg'ulotlar qanday olib borilmoqda? Yangiliklar qo'llanilmoqdami?

- Terma jamoada har doim ham yangi narsalarni o'rgatib bo'lmaydi. Sababi, terma jamoalar uchun juda kam vaqt ajratiladi. Bilasizmi, dastlabki uchta o'yinda biz to'liq optimal tarkibda o'ynay olmadik. Agar eng kuchlilarni tushira olganimizda haqiqiy kuchimizni ko'rardinglar. Har safar kimdadir qandaydir muammo paydo bo'laverdi.

- Xitoy terma jamoasi azolari juda tezkor. Himoyada ularga qarshi qiyin bo'lmaydimi? Meni aynan o'ng qanot himoyamiz tashvishga solmoqda, To'xtaxo'jaevning o'rnida Davron Hoshimovni sinab ko'rishni iloji yo'qmi?

- Biz Xitoyning o'yin uslubini o'rganib chiqdik. Tarkib borasida ertaga yakuniy qarorni chiqaramiz. To'xtaxo'jaev juda tajribali futbolchi, unda xatolar bo'ldi. Lekin asosiy tarkibda o'ynashga haqli ekanini ko'rsatdi. To'g'ri, ular tezkor futbol o'ynashadi, bizning taktika oddiy 10 futbolchi hujumda, 10 futbochli himoyada...

Xitoylik jurnalist savoli: - Dastlabki uchta turdan so'ng jamoa uchinchi o'rinda bormoqda. Bu degani ertaga g'alaba qozonishga majburmisizlar?

- Bizning har bir o'yindagi maqsadimiz bitta: G'alaba qozonish. Ertaga ham bu maqsadimiz o'zgarmaydi. Bu bosqichdagi har bir jamoa g'alaba uchun maydonga tushishadi.

Xitoylik jurnalist savoli: - 2015 yilgi O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi o'yinni ko'rdik. Xitoyda yangi bosh murabbiy keldi. Bu bilan o'yin uslubi qanchalik o'zgardi?

- Tarkibda o'zgarishlar bo'lgan, lekin asosiy futbolchilar hamon o'ynashmoqda. Xitoy oxirgi 4ta o'yinda yangi bosh murabbiy qo'l ostida o'ynamoqda. Jamoa falsafasi o'zgarmagan.

Xitoylik jurnalist savoli: - Xitoy terma jamoasining asosiy kuchi nimada?

- Tezkor, yaxshi tashkil etilgan, texnik tomonlama kuchli futbolchilarga ega. Juda agressiv futbol ko'rsatishadi.

Narzulla Saydullaev yozib oldi


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing