27 jan 07:46
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/27543_220.jpg)
Sanches debyut qilgan o'yinda MYU safarda yirik g'alabaga erishdi
Angliya kubogining 1/16 finalida “MYU” safarda “Yovil Taun” klubini yirik hisobda taslim etdi.
Uchrashuvning 41-daqiqasida Reshford hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida “MYU” safida debyut o'yinini o'tkazgan Aleksis Sanchesning samarali to'p uzatishidan keyin Ander Errera oradagi farqni ikkitaga oshirdi.
O'yin oxirlarida Jessi Lingard va Romelu Lukaku o'z gollari bilan “Qizil iblislar”ning mutlaq g'alabasini rasmiylashtirishdi.
Havola :
Fikrlar