10 iyu 08:35
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Fayziev CHexiyadagi turnirda, ilk raqib malum
Tennischimiz Sanjar Fayziev bugundan asosiy to'r bahslari boshlanuvchi CHexiyadagi turnirla ishtirok etadi.
Pardubice shahri mezbonlik qilayotgan musobaqaning mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Fayziev turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qiladi.
Qura natijasiga ko'ra, mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ilk davrada chexiyalik Robin Stanekka qarshi kortga chiqadi. Fayziev dunyo reytingida 265, Stanek esa 565-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar