So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

17 sen 09:14
Yangiliklar

Tennis

Sanjar Fayziev: “Hech qachon “post” qoldirmagandim, lekin bu safar majbur bo'ldim”

Xabar berganimizdek, kecha tennis bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Glazgo shahrida Buyuk Britaniya tennischilariga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib, jahon ligasiga chiqa olmagan edi.

Kecha hal qiluvchi uchrashuvda Sanjar Fayziev Buyuk Britaniya terma jamoasining birinchi raketkasiga 2:6, 2:6, 0:6 hisobida yutqazib qo'ygandi. Aslida bu bahsda Kameronga qarshi Denis Istomin kortga chiqishi kerak edi. 

Lekin bizga malum bo'lmagan sabablarga ko'ra, Denisning o'rnini Sanjar egalladi. Fayzievga etirozimiz yo'q. Qo'lidan kelganicha harakat qildi. Ammo, tajriba bu safar o'z so'zini aytdi. Jo'rabek Karimov esa aynan yoshlik shijoati evaziga sensacion natija qayd etgandi. Kechagi uchrashuvdan so'ng Fayziev facebook ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida fikr qoldirgan.

“SHu kungacha ijtimoiy tarmoqlarda munosabatga asoslangan fikr qoldirmagandim. Lekin bu safar “post” yozishga majbur bo'ldim. Sportga, xususan tennisga aloqador barcha insonlardan, terma jamoamizga befarq bo'lmagan muxlislardan KECHIRIM so'rayman. 

Afsuski, kutilgan o'yinni namoyish eta olmadim. To'g'ri, tennis bu shunchaki bir o'yin, lekin mamlakat terma jamoasi o'ynaganida, buning masuliyati umuman boshqacha bo'ladi. O'z o'yinim va qayd etgan natijam bilan qancha insonlarning kayfiyatini tushirib yubordim. Buni juda yaxshi bilaman.

Keyingi o'yinlarda vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirishga harakat qilaman. Aynan mening ishtirokimdagi oxirgi o'yinni inobatga olmaganda, jamoamiz g'alaba uchun borini berdi. Do'stim Jo'rabek Karimovni alohida takidlab o'tgan bo'lardim. Hayot davom etadi, kelasi yili jahon ligasiga chiqishga urinib ko'ramiz”, - dedi Fayziev. 

Reyting: +2   

Fikrlar

   
17 sen 10:26:41
Jasur
Санжарга тажриба етишмади, уз устида хали куп ишлаги керак, айникса жисмоний тарафдан
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing