12 noy 17:30
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Fayziev – Mishref turniri g'olibi!
Bugun Quvaytning Mishref shahrida sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnir o'z yakuniga etdi.
Quvonarlisi, “Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslarida terma jamoamiz azosi Sanjar Fayziev bosh mukofotni qo'lga kiritdi.
Turnirning uchinchi raketkasi sifatida harakat qilgan hamyurtimiz hal qiluvchi final uchrashuvida Evgeniy Karlovskiyni 6:2, 7:6(6) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Rossiyalik bu tennischi turnirning ikkinchi raketkasi edi.
Malumot uchun, Fayziev yarim final uchrashuvida turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qilgan ispaniyalik David Peresdan 6:3, 6:4 hisobida ustun kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar