07 okt 11:45
Yangiliklar
Tennis

Sanjar Fayziev Shymkent Open turnirining finaliga yo'l oldi
Qozog'istonning CHimkent shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat Shymkent Open turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Ushbu musobaqaning to'rtinchi raketkasi xisoblangan hamyurtimiz Sanjar Fayziev final chiptasini qo'lga kiritdi. U hozirgina yakuniga etgan yarim final uchrashuvida zafar quchdi.
Fayziev turnirning ikkinchi raketkasi, rossiyalik Aleksandr Igoshindan ustun keldi. Ikki soatu 24 daqiqa davom etgan bellashuvda tennischimiz kuchli raqibini 1:6, 6:2, 7:6(1) hisobida dog'da qoldirdi.
Sanjarningn hal qiluvchi finaldagi raqibi yana bir rossiyalik tennischi Ivan Gaxov bo'ladi. Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan Gaxov bugun yarim finalda hamyurti, musobaqaning birinchi raqamli ishtirokchisi Ivan Nedelkoni 7:6(0), 4:6, 6:1 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar