11 sen 21:58
Yangiliklar

Sanjar Tursunov “Vorskla”ga uch ochkoni taqdim etdi
1:1 hisobida davom etayotgan uchrashuvning 73-daqiqasida aynan Tursunov tomonidan kiritilgan gol poltavaliklarga g'alaba keltirdi. Milliy terma jamoamiz yarim himoyachisi 46-daqiqada Miaden Bartulovich o'rniga maydonga tushgan edi.
Sanjarning jarimadan yo'llagan zarbasi chiroyli usulda darvoza to'ridan joy oldi. 7-turdan keyin “Vorskla” 12 ochko bilan turnir jadvalida 4-pog'onadan joy olib turibdi.
“VORSKLA” – “VOLIN” 2:1
Gollar: Xlebas, 20, SANJAR TURSUNOV, 74 - Didenko, 25 (penalti)
Vorskla: Nepogodov - Siminin, Dityatev, Pilyavskiy, Perduta - CHesnakov, Tkachuk (Kravchenko, 71) - Kobaxidze, Bartulovich (SANJAR TURSUNOV, 46) - Kolomoec, Xlebas (Zagorulko, 89)
Volin: Kichak - Nikityuk, Mixa, SHapoval (Zadereckiy, 73), SHabanov - Gerasimyuk, CHepelyuk (Nikityuk, 83) - Dudik, Xomchenko, Memeshev - Didenko (Teterenko, 82)
Ogohlantirishlar: CHesnakov - Xomchenko, Mixa
Fikrlar