05 fev 08:19
Yangiliklar
Tennis

Sankt-Peterburg. Kvitova amaldagi chempionni engib, chempion bo'ldi!
Rossiyaning shimoliy poytaxti hisoblangan Sankt-Peterburg shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi nufuzli turnir yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 733 900 dollarni tashkil qilgan St. Petersburg Ladies Trophy turnirida chexiyalik Petra Kvitova bosh mukofotni qo'lga kiritdi. U final uchrashuvida musobaqaning amaldagi g'olibasi franciyalik Kristina Mladenovichni taslim etdi.
Bir
soatu 6 daqiqa davom etgan final bahsida dunyoning 29-raketkasi bo'lgan Kvitova reytingda
o'zidan 19 pog'onada turgan raqibasini 6:1, 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu
muvaffaqiyatli ishtirok Petraga 137 125 dollar mukofot puli hamda 470
reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar