04 fev 09:10
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/28011_220.jpg)
Sankt-Peterburg (WTA). Bugun finalda Petra va Kristina to'qnash keladi
Bugun Rossiyaning shimoliy poytaxti hisoblangan Sankt-Peterburg shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasida o'tkazilayotgan nufuzli turnirga yakun yasaladi.
Sovrin jamg'armasi 733 900 dollarni tashkil qiluvchi St. Petersburg Ladies Trophy turnirida finalchilar nomi malum bo'ldi. Musobaqaning amaldagi g'olibasi franciyalik Kristina Mladenovich rossiyalik Darya Kasatkinani 3:6, 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Ikkinchi yarim final juftligida turnirning beshinchi
raketkasi germaniyalik Yuliya Gerges musobaqada imtiyozli yo'llanma asosida ishtirok
etayotgan chexiyalik Petra Kvitovaga 5:7, 6:4, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib
qo'ydi.
Havola :
Fikrlar