"Valensiya" hujumchisi Santi Mina faoliyatini "Selta"da davom ettiradigan bo'ldi.
Vigo jamoasi 23 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Mina aslida "Selta" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015 yil u ushbu klubdan "Valensiya"ga o'tgandi.
"Valensiya" "Selta" hujumchisi Maksi Gomes transferi tufayli Minadan voz kechdi.
Fikrlar