26 noy 07:55
Yangiliklar
Futbol

Sardor Rashidov “Al Jayish”ga g'alaba keltirdi
Qatar Yulduzlar ligasida 8-tur uchrashuvlari start oldi.
Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al Jayish” klubi o'z maydonida “Al Xaritiat”ni qabul qildi.
Uchrashuvda aynan Rashidovning 38-daqiqada urgan goli evaziga “Al Jayish” 1:0 hisobida zafar quchdi. 8ta o'yindan so'ng 22 ochko to'plagan “Al Jayish” Qatar Yulduzlar ligasida yakka peshqadam bo'lib turibdi.
Qatar Yulduzlar ligasi. 8-tur
“Al Jayish” – “Al Xaritiat” 1:0
Gollar: SARDOR RASHIDOV 38
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar