19 sen 06:25
Yangiliklar
Futbol

Sardor Rashidov “Al Jayish”ning mavsumdagi ilk golini urdi
Qatar Yulduzlar ligasida yangi futbol mavsumi start oldi.
Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al Jayish” klubi mavsumni o'z uyida “Al Vakra”ga qarshi o'yin bilan boshladi. Uchrashuvning 26-daqiqasida aynan Rashidov jamoasining mavsumdagi ilk goliga mualliflik qildi.
52-daqiqada Romarino penaltidan hisobni 2:0ga etkazdi. Bahsning 74-daqiqasida mehmonlar vakili Pablo Oliveyra hisobni qisqartirdi. Sardor Rashidov 89-daqiqada o'z o'rnini jamoadoshiga bo'shatib berdi.
Qatar Yulduzlar ligasi.
“Al Jayish” – “Al Vakra” 2:1
Gollar: SARDOR RASHIDOV 26, Romarino 52 penalti – Pablo Oliveyra 74
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar