02 noy 18:39
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/47983_220.jpg)
Sardor Rashidov "Paxtakor" bilan o'yingacha safga qaytadi
Superliganing 20-turi doirasida "Paxtakor"ga qarshi bahsda "Lokomotiv" yarim himoyachisi Sardor Rashidov jarohat olgandi.
U o'sha bahsdan buyon o'yinlarga qaytganicha yo'q. Olgan malumotlarimizga qaraganda, yarim himoyachi jarohatini yangilab olgan.
SHu boisdan u "Lokomotiv"ning yaqinlashib kelayotgan o'yinlarida qatnashmaydi. U katta ehtimol bilan terma jamoamizning bahslarini ham o'tkazib yuboradi.
Malum bo'lishicha, Sardor Superliga doirasida "Bunyodkor" va "Buxoro" jamoalariga qarshi bahslarda ham qatnashmaydi. U 26 noyabr kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan "Paxtakor"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar