16 fev 22:24
Yangiliklar

Sardor Rashidov Portugaliya chempionati doirasidagi uchrashuvda xet-trikka erishdi
Bugun u Portugaliya chempionati doirasida jamoasi tarkibida "Feyrensi"ga qarshi o'yinda maydonga tushdi.
Quvonarlisi, hamyurtimiz uchrashuvda xet-trik qayd etdi. U o'yinning 12, 54, 67-daqiqalarida raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. SHundan so'ng murabbiy Sardorni zaxiraga oldi. 70-daqiqada Rashidovning o'rniga maydonga Brayan Roxes tushirildi.
"Nasonal" - "Feyrensi" 4:0
Bosh hakam: Joau Pedro Pineyro (Portugaliya)
Gollar: Sardor Rashidov 12, - 1:0. Sardor Rashidov 54, - 2:0. Sardor Rashidov 67, - 3:0. Roches 80, - 4:0.
"Nasonal": Daniel, Rosich, Mauro Serkeyra, Julio, Kalindi, Serxio Marakis, Vitor Gonsalvesh, Palochevich, Sardor Rashidov (Roches, 70), Joau Kamacho (Riaskos, 65), Viti
"Feyrensi": Andre Moreyra, Vitor Bruno, Briseno, Flavio, Diga, Kris (Ofori, 46), Marko Soaresh, Tiago Silva, Joau Silva, Sturgeon (Mateus Anderson, 71), Kucha (Petrov, 59)
Ogohlantirishlar: Serxio Marakis 15, Flavio 25, Tiago Silva 64, Vitor Bruno 82.
Fikrlar