06 sen 07:30
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/3784_220.jpg)
Sardor Rashidov: “Qatar – o'yin saviyasi ancha yuqori jamoa”
JCH saralashining 3-bosqichi, 2-turi doirasidagi Qatar – O'zbekiston o'yini oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Samvel Babayanga jamoa yarim himoyachisi Sardor Rashidov hamrohlik qildi.
“Raqibimiz – Qatar terma jamoasini juda yaxshi bilamiz. Ularning imkoniyatlaridan xabardormiz. Qatar – o'yin saviyasi ancha yuqori jamoa. Texnik tomondan futbolchilar juda mahoratli.
Ammo biz bu o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, deb o'ylayman va g'alabali seriyamizni davom ettiramiz deb umid qilaman. Biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz”, - dedi O'zbekston milliy terma jamoasi va Qatarning “Al-Jaish” klubi yarim himoyachisi.
Eslatib o'tamiz, Qatar – O'zbekiston ucharushvi bugun Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : the-uff.com
Fikrlar