05 fev 07:18
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/28048_220.jpg)
Sardor Rashidov: "Renn"ga yozda o'tishim mumkin"
BAAning "Al Jazira" klubida faoliyat olib borgan hamyurtimiz Sardor Rashidov Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan kelishuvga erishgandi.
Bundan bir necha kun oldin Sardor Rashidovga Franciyaning "Renn" jamoasi qiziqish bildirayotgani va "Al Jazira" tarkibida maydonga tushmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. "Renn" klubiga qachon o'tishi haqida futbolchining o'zi quyidagicha izoh berdi.
"Hozircha bir nima deya olmayman. "Renn" jamoasi? Yozgi transfer vaqtida ko'ramiz", - deydi Sardor Rashidov.
"Temiryo'lchilar" bilan bir yillik shartnoma imzolagan Rashidov shu kungacha “So'g'diyona”, “Bunyodkor”, “Al Jaish” va “Al Jazira” kabi jamoalar safida faoliyat olib borgan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar