20 apr 00:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Sardor Xudoyberdiev qirg'izistonlik raqibini muddatidan oldin engib, Octagon League chempioniga aylandi!
Qozog'istonning Olma-Ota shahrida davom etayotgan MMA bo'yicha Octagon 71 turnirining ikkinchi asosiy jangi yakunlandi.
Unda o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Sardor Xudoyberdiev Qirg'iziston vakili Argen Abdikadir Uuluga qarshi bahs olib bordi.
Jang yarim engil vazn toifasidagi vakant bo'lib turgan chempionlik kamari uchun tashkil etildi.
5 raundlik chempionlik jangi beshinchi raundda muddatidan oldin yakuniga etdi. Hamyurtimiz raqibini bo'g'ish usuli orqali mag'lubiyatga uchratib, Liganing yangi chempioniga aylandi.
Takidlash joiz, bu 31 yoshli Sardorning faoliyatidagi 12-jangi edi. Endi uning hisobida 9 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat mavjud.
Argen Abdikadir Uulu esa bugun 11-jangidagi 2-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar