03 avg 17:38
Yangiliklar
Tennis
Sarson bo'lgan tennischiga wild card taqdim etildi
Rossiyalik tennischi Svetlana Kuznecova Torontodagi musobaqada ishtirok etadi.
Tashkilotchilar Svetlanaga imtiyozli chipta, yani wild card taqdim etishdi. Endilikda rossiyalik tennischi o'z ishtirokini asosiy to'rdan boshlaydi. Tashkilotchilarning bu qarorga kelishiga chexiyalik tennischi Petra Kvitovaning musobaqada ishtirok etmasligi sabab bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Svetlana Kuznecova ancha vaqt davomida AQSH vizasini ololmay sarson bo'lgandi. Buning natijasida amaldagi chempion sifatida Vashington turnirini o'tkazib yuborgandi.
Havola :
Fikrlar