12 dek 07:42
Yangiliklar
Og'ir atletika
Sarvarbek Zafarjonov Jahon chempionati sovrindori
Kecha og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatining navbatdagi kungi bahslari o'tkazildi.
Kechagi kun doirasida erkaklar o'rtasida -89 kg vazn toifasidagi "A" guruhi bellashuvlari o'tkazildi.
Quvonarlisi, ushbu vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Sarvarbek Zafarjonov dast ko'tarishda 171 kg natija qayd etib, bronza medalni qo'lga kiritdi.
Avvalroq, Muhammadqodir Toshtemirov musobaqa doirasida bitta kumush va bitta bronza medaliga ega chiqqan edi.
Havola :
Manba : t.me/uzbek_weightlifting
Fikrlar