19 dek 09:05
Yangiliklar
SHaxmat
Sarvinoz - Puregold Chess Shallenge turniri vice-chempioni!
Bu yil grossmeysterlik talabini bajargan hamyurtimiz Sarvinoz Qurbonboeva Filippinda o'tkazilgan xalqaro turnir vice-chempioniga aylandi.
Olongapo shahrida o'tkazilgan Puregold Chess Shallenge turnirida 10ta davlat shaxmatchilari g'oliblik yo'lida dona surishdi.
Sarvinoz so'nggi turda filippinlik Branzuela Ali bilan durang o'ynab, yakunda 4 ochko bilan ayollar o'rtasidagi musobaqada 2-o'rinni egalladi.
Eslatib o'tamiz, Qurbonboeva o'tgan hafta Philippine International Shess Shampionship turnirida qatnashib, 9 imkoniyatdan 4 ochko jamg'argan holda bronza medalini qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar