25 dek 16:41
Yangiliklar
SHaxmat
Saudiya Arabistoni 7 nafar isroillik shaxmatchiga viza bermadi
26-30 dekabr kunlari Saudiya Arabistoni mamlakatida shaxmatning rapid va blic yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tadi.
Mezbon davlat rasmiylari 7 nafar isroillik shaxmatchilarga mamlakatga kirish huquqini beruvchi vizani taqdim etishmadi. Saudiya Arabistoni Isroilni mamlakat sifatida tan olmaydi.
“Bu eski tizim. Avval ham shunday holat kuzatilgan. Saudiyaliklar bizning bu boradagi so'rovimizga shunchaki javob berishmadi. Viza taqdim etishlari uchun bor imkoniyatni ishga soldik”, – dedi Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) vice-prezidentiIlya Gelfer.
Havola :
Fikrlar