23 okt 23:55
Yangiliklar

Saudiya Arabistoni va Vetnam jahon chempionati ishtirokchilari!
Kutilmaganda Vetnam terma jamoasi yarim finalga chiqish barobarida jahon chempionati yo'llanmasini ham qo'lga kiritdi. Vetnam yoshlari chorak finalda qita chempionati mezbonlarini 1:0 hisobida mag'lub etishdi.
Ikkinchi chorak final uchrashuvida Iroq va Saudiya Arabistoni terma jamoalari maydonga tushishdi. Bu o'yin taqdiri penaltilar seriyasida hal bo'ldi. Asosiy vaqt 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Qo'shimcha bo'limlarda jamoalar gol ura olishmadi va g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotoreyasida omad Saudiya Arabistoniga kulib boqdi - 6:5. Saudiya Arabistoni yarim finalda O'zbekiston yoki Eron jamoalaridan biriga qarshi o'ynaydi.
CHorak final
IROQ – SAUDIYA ARABISTONI 2:2 (penaltilar seriyasi 5:6)
Gollar: Sajjad Hussayin 75, Mazin Fayod 80 - Rakan Alanaze 65, Abdulrahmon Al Yami 70.
BAHRAYN – VETNAM 0:1
Gol: Tran Tan 72
Fikrlar