07 sen 14:51
Yangiliklar
Futbol
Saudiyaliklar endi top menejerlarni olib ketmoqda: "Liverpul" sport direktori "Al Hilol"da ishlaydi
SHotlandiyalik 47 yoshli mutaxassis Richard Xyuz "Liverpul" sport direktori lavozimini tark etdi.
Bu haqda ingliz klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hamkorlik Xyuzning o'z tashabbusi bilan muddatidan oldin bekor qilindi. Mutaxassis bu qarorini yangi chorlovlarga intilish istagi bilan izohladi. Fabricio Romanoning malumotiga ko'ra, tez orada u Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi sport direktoriga aylanadi.
Xyuz 2024 yilning yozidan buyon "Liverpul"da sport direktori vazifasida ishlab kelayotgandi. Bungacha u 10 yil davomida "Bornmut"da texnik direktor bo'lgan.
Xyuzning o'rniga asosiy davogar sifatida 2012 yildan buyon "Liverpul" tuzilmasida faoliyat yuritayotgan va 2022/23 yilgi mavsumda sport direktori lavozimida ishlagan Julian Uord ko'rsatilmoqda.

Havola :
Fikrlar