28 iyu 19:01
Yangiliklar
Tennis
Segovia Challenger. Denis Istomin juftlik bahslari chorak finalida kortga chiqdi
Ispaniyaning Segoviya shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumiga kiruvchi turnir davom etyapti.
Turnirning asosiy to'ri ilk davrasida muvaffaqiyatsizlikka uchragan tennischimiz Denis Istomin juftlik bahslarida ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazyapti.
Biroz avval musobaqada moldovalik Aleksandr Kozbinov bilan tandem hosil qilgan holda qatnashayotgan Istomin chorak final bahsida kortga chiqdi. Zimbabve vakillari Benjamin Lok va Kortni Jon Lokka qarshi kechgan bahsda afsuski, Istomin/ Kozbinov juftligi raqiblariga 6/4, 4/6, 6/10 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va yarim final ostonasida to'xtadi. Uchrashuv 1 soatu 30 daqiqa davom etdi.
Havola :
Manba : olamsportcom
Fikrlar